Konte "Tottenxem"ga Italiyadan zo‘r futbolchi olib keladi

  • 22 yanvar, 2022, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse o‘z kuchini Angliya premer-ligasida sinab ko‘rishi mumkin.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, afrikalik futbolchiga "Tottenxem" jiddiy qiziqib qolgan. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibda ko‘rishni xohlamoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” bu boradagi muzokaralarni tez orada boshlab yuborishlari mumkin. Boisi Kessening "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomsi mavsum oxirida nihoyasiga etadi. Shu tariqa Frank London klubiga erkin agent sifatida tekinga yo‘l olishi mumkin.

Kesse joriy mavsum “Milan” safida A Seriyada jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!