Konte: "Ushbu o‘yin turnir jadvaliga katta ta’sir o‘tkazdi"

  • 2 mart, 18:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Italiya A Seriyasining 27-turi doirasida "Inter" "Napoli" bilan bahs olib, so‘nggi daqiqalardagi o‘tkazib yuborgan goli sabab, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng Antonio Konte o‘yin haqida gapirib o‘tdi. 
 
"Ushbu o‘yin turnir jadvaliga ta’sir ko‘rsatdi, chunki g‘alaba 3 ochko olib kelgan bo‘lar edi, durang esa atigi bitta. Shuning uchun o‘yin nafaqat turnir jadvali nuqtai nazaridan, balki shaxsiy jihatdan ham muhim edi.  
 
Yigitlar bilishi kerak – men ularga juda aniq aytdim. 11 ta o‘yin qoldi va biz ko‘plab qiyinchiliklarga qaramay, bugungi kunda ham "Inter" kabi top-jamoaga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatganimizni isbotladik" - dedi italiyalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, A Seriyada "Inter" 58 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Napoli" 57 ochko bilan ikkinchi o‘rinda kelmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!