
Korenten Mute ATR dagi ilk g‘alabasiga erishdi
Ekvadorda Professional tennischilar uyushmasi – ATR tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda frantsiyalik Korenten Mute birinchi davradagi g‘alabasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Xursandchiligimni so‘z bilan tushuntirib bera olmayman. O‘yin yaxshi o‘tdi va men o‘z ishtirokimdan qoniqdim. Raqibim kuchli bo‘lsa ham men uni engdim. Men ATR musobaqalarida qachondir g‘alaba qozonishimni bilar edim. Bu uchun orzu emas mehnat qildim”, - deydi Mute.
Eslatib o‘tamiz. Korenten Mute shu kunga qadar ATR musobaqalarida hech qachon g‘alaba qozonmagan edi.
Fikrlar