
Koreya termasiga APL va Bundesligadan 3tadan futbolchi jalb qilingan
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Uli Shtilike JCh-2018 3-saralash bosqichi 5-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi uchrashuv uchun 25 futbolchini jalb qilgan. Umuman olganda, 25 futbolchi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun ham chaqirilgandi.
Tarkibga nazar solsak, Germaniya Bundesligasi va Angliya Premer ligasidan 3 nafardan futbolchi Janubiy Koreya terma jamoasiga chaqirilgan. Undan tashqari Daniya va Avstriyadan bittadan legioner chaqirilgan. Qolgan futbolchilar Osiyoda to‘p tepishadi.
Quyida Janubiy Koreya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin.
Darvozabonlar: Kvon Sun Tae ("Chonbuk Motors"), Kim Seung Gyu ("Vissel Kobe", Yaponiya), Kim Jin Xyon ("Serezo Osaka", Yaponiya)
Himoyachilar: Kim Ki Xi ("Shanxay Shenxua", Xitoy), Xong Jeong Xo ("Jiangsu Suning", Xitoy), Jang Xyun Su ("Guanchjou RF", Xitoy), Xong Chul ("Suvon Samsung"), Kvak Tae Xvi ("Seul"), Kim Chang Su ("Chonbuk Motors"), Choi Chul Sun ("Chonbu Motors"), Park Ju Xu ("Borussiya D", Germaniya), Yun Suk Yung ("Brondbyu", Daniya)
Yarim himoyachilar: Kim Sung Yung ("Suonsi", Angliya), Li Chung Yong ("Kristal Pelas", Angliya), Ku Ja Chol ("Augsburg", Germaniya), Son Xen Min ("Tottenxem", Angliya), Ji Dong Von ("Augsubrg", Germaniya), Xan Kuk Yung ("Al Garafa"), Li Jae Sung ("Chonbuk Motors"), Jung Vu Yong ("Chongking Lifan", Xitoy), Kim Bo Kyung ("Chonbuk Motors"), Nam Tae Xi ("Laxviya", Qatar).
Hujumchilar: Kim Shin Vuk ("Chonbuk Motors"), Xvang Xi Chan ("Red Bull Zaltsburg", Avstriya), Li Jeong Xyop ("Ulsan Xyunday")
Fikrlar