Koronavirus sabab La Liga o‘yinlari ham qoldiriladimi?
Ispaniya La Ligasining Rossiyadagi rasmiy vakili Daniel Serexido koronavirus sabab chempionat uchrashuvlarini qoldirilishi borasidagi xabarlarga oydinlik kiritib o‘tdi.
“Ayni damda biz o‘yinlarni qoldirish masalasini ko‘rib chiqmayapmiz, ammo, vaziyatni doimiy nazoratga olish va kuzatib borish uchun maxsus komissiya tuzganmiz”, - dedi Serexido.
Ma’lumot uchun, ayni damda sayyoramizda koronavirusga chalinganlar soni 100 mingdan ortib ketdi. Ularning 3460 nafari vafot etgan bo‘lsa, 55 mingdan ortig‘i kasallikdan sog‘aydi.

Fikrlar