Koronavirus sabab yana bir kuchli beshlik chempionatida o‘yinlar qoldirilishi mumkin
Koronavirus epidemiyasining Evropaga kirib kelishi ortidan Frantsiyada ham chempionat uchrashuvlari qoldirilishi mumkin. Bu haqda RMC xabar tarqatmoqda.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran telekanalga bergan intervyusida chempionatning ayrim uchrashuvlari qoldirilishi mumkinligi haqida gapirib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra bu boradagi qaror tadbir o‘tkazilishi kerak bo‘lgan xududdan kelib chiqib qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Shveytsariya chempionati to‘xtatilgan bo‘lsa, Italiya A Seriyasining ko‘plab uchrashuvlari boshqa muddatga qoldirilgan edi.
Fikrlar