
Kosta va Levandovskining ahvoli haqida klub rasmiy sayti xabar berdi
Bir necha kun oldin Germaniyaning “Bavariya” klubi futbolchilari Duglas Kosta va Robert Levandovski jarohat olib safdan chiqqandi.
Bugun klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ayni paytda braziliyalik Duglas Kosta juda tez tiklanmoqda. U mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda va yaqin kunlarda maydonga tushishi ham mumkin.
Shuningdek, polshalik hujumchi Robert Levandovski ham yakka tartibda shug‘ullanmoqda.
Fikrlar