Kotibaning hayfsanidan Gerd Myullerning rekordigacha! "Evro-2020"ning asosiy yulduzlaridan biri bosib o‘tgan yo‘l sizni hayron qoldiradi!

  • 23 iyun, 2021, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Polsha terma jamoasi bilan Evropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqish uchun kurash olib borayotgan Robert Levandovskining faoliyatiga nazar tashlaydi.

Ispaniya terma jamoasi bilan qayd etilgan durangdan so‘ng, polyaklar guruhdan chiqish uchun kichik bo‘lsada imkoniyatni saqlab qoldi. Tarkibida dunyoning eng kuchli markaziy hujumchisi bo‘lishiga qaramay, Polsha anchadan beri xalqaro arenada shov-shuv ko‘targani yo‘q. Robert 3 bor Evropa chempionatida ishtirok etgan bo‘lsada, atigi 3 bor gol kiritishni uddalagan, xolos...

"Evro-2012" - Polsha guruhda qolib ketdi, Levandovski Gretsiya darvozasini ishg‘ol qildi;

"Evro-2016" - Polsha chorak finalga etib keldi, Levandovski Portugaliya darvozasini ishg‘ol qildi;

kaskdoaskdas

"Bavariya" hujum nayzasining uchi bo‘lishiga qaramay, qahramonimiz terma jamoada anchagina kamtarin statistikaga ega. U hozirda o‘zining pik formasida. Bundan unumli foydalanish va muxlislarga terma jamoada ham kuchli ekanligini isbotlashi kerak. Keyin bunday qulay imkoniyat bo‘lmaydi. Xo‘sh, uning musobaqadagi faoliyati qanday ko‘rinish oladi? Buni Shvetsiyaga qarshi o‘yinda bilib olishimiz mumkin.

2011/12 yilgi mavsum "Borussiya" Dortmund: 47 o‘yin, 30 gol (har bir o‘yinda o‘rtacha 0,64)

O‘z uyida bo‘lib o‘tishi kutilgan qit’a birinchiligidan avval 23 yoshli hujumchi ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Bu uning Dortmunddagi ikkinchi mavsumi edi. Debyut 9 gol bilan u qadar omadli chiqmagan bo‘lsa-da, Yurgen Klopp Robertni top darajaga olib chiqishni uddaladi.

2015/16 yilgi mavsum "Bavariya": 51 o‘yin, 42 gol (0,82)

Frantsiya qabul qilgan turnirga Robert "Bavariya" futbolchisi sifatida tashrif buyurdi. Ikki yil davomda Myunxenda to‘p surgani uchun u nafaqat Polsha, balki butun musobaqaning asosiy yulduzlaridan biri bo‘lishi taxmin qilingan edi. Yakunda, Polsha avvalgi natijasidan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etdi.

2020/21 yilgi mavsum "Bavariya" : 40 o‘yin, 48 gol (1,2)

2019/20 yilgi futbol mavsumini polyak shunchaki yondirib tashladi: 47 o‘yin, 55 gol. Agar "oltin to‘p" bekor qilinmaganida, so‘zsiz u sovrinni o‘ziniki qilar edi. Robert UEFA tomonidan yil futbolchisi, deb topildi, ammo faoliyatidagi eng muhim sovrin undan yuz o‘girdi. Ortda qolgan futbol mavsumi haqida so‘z borar ekan, har bir o‘yinda o‘rtacha 1,2 gol chinakam fantastika!

Bu statistika bejiz keltirilgani yo‘q. Gap shundaki, qahramonimiz bu natijalarga erishishidan avval juda katta yo‘lni bosib o‘tishga majbur bo‘lgan. Yildan-yilga o‘z imkoniyatlarini yaxshilab kelgan qahramonimiz o‘z vaqtida faoliyatiga nuqta qo‘ymoqchi bo‘lganidan xabaringiz bormi? Kotiba qizning aytgan so‘zlari sal bo‘lmasa, Polsha futbolini tarixiy shaxsdan mosuvo qilishi mumkin edi.

15 yil avval Robert ko‘z yoshlarini yashira olmadi...

weokfwekofw

17 yoshli Levandovski hozirgisidan keskin farq qilgan. Ozg‘indan kelgan, o‘z kuchiga ishonchsizlik sezilib turgan qiziqqon o‘spirin. Tasavvur qildingiza?! O‘sha yigitchaning boshiga shunday og‘ir kunlar tushdiki, u bir necha kunda "erkakka" aylanishga majbur bo‘ldi. Oddiy polyak oilasida katta bo‘lgan, futbolga mukkasidan ketgan bolakay 2006 yilda hammasini yig‘ishtirib tashlamoqchi edi, biroq...
O‘sha kuni yosh Robert "Legiya" klubi ofisiga onasi bilan keldi. Yaqindagina otasidan ayrilgani uchun ruhiy tushkun kayfiyatda edi. Karerasi ham bir ahvolda. Tizzasidan olgan jarohati sababli butun mavsumni o‘tkazib yuborgani uchun yangi shartnomadan umid qilish mushkul edi.

"Men onamga mashinada o‘tirib turishini aytdim va ofis tomon yurdim. Kayfiyatim rasvo, yuragim hayajondan guppullab ketmoqda. Negadir hammasini tashlab, uzoq-uzoqlarga ketgim kelyapti. Klub ofisiga kirdim. Katta yo‘lakda "Legiya" sharafini himoya qilgan taniqli futbolchilarning rasmi iliq turibdi. Xayolan ular orasida o‘zimni ko‘rgim keldi, ammo tasavvurim pand berdi. Kuchli hayajon sababli hech narsani o‘ylagim kelmas edi. Men jamoa bosh murabbiyi bilan uchrashmoqchi bo‘ldim, biroq u meni qabul qilmadi. Ichim muzlab ketdi. Keyin akademiya rahbariga yo‘liqdim, u ham vaqti yo‘qligini aytib nari ketdi. Klub sport direktori esa, men bilan gaplashib ham o‘tirmadi. Tomog‘imga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. Hali kuchga to‘lmagan oyoqlarim tolib qolgani uchun kotibaning oldidagi o‘rindiqqa o‘tirdim. Shunda u ahvolim bilan qiziqdi. Nima maqsadda kelganimni aytdim. U kimgadir qo‘ng‘iroq qildi. Familiyamni aytdi. Keyin "xo‘p" dedi va go‘shakni qo‘ydi. Noiloj alpozda jilmaydi va sizga yangi shartnoma taklif etilmaydi, dedi. Tomog‘imga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. Hujjatlarimni oldim va mashinaga qaytdim.

darfgjre

Onam uzoqdan hammasini tushungan shekilli, indamadi. Negadir, ularning mehrli nigohini ko‘rgach, birdan yig‘lab yubordim. Bu otamdan erta ayrilganim uchunmi yoki futbol men uchun abadiy armon bo‘lgani sababli bo‘ldimi bilmadim. To‘g‘risi, bilgim ham kelmadi. O‘sha paytda men uchun dunyoning umuman qizig‘i qolmagan edi. Onam boshimni siladi, men yig‘lashda davom etdim".

17 yoshli bolakay ofisdan chinakam "jangchi" bo‘lib chiqdi. U faoliyatidagi yangi sahifa bugun ochilganini his qildi. Ko‘z yoshlarini shoshib artdi va onasi yana ham ezilmasligi uchun jilmaydi. Hammasi yaxshi bo‘lishi va hayot tugamagani aytib onasini yupatdi. Yuzda tabassum, qalbi to‘la dard bo‘lgan ikki inson mashinani yangi manzillar sari haydab ketdi.

fatherf

"Dadam ishdan charchab kelar, lekin menga farqi yo‘q edi. Sababi, dadam hech qachon men bilan futbol to‘garagiga borishga erinmagan. Bu safar ham kiyimlarini almashtirdi va meni Varshavaga olib ketdi. Borib kelish uchun 4 soat sarflansa nima bo‘libdi, axir meni dadam super! Afsuski, o‘sha kuni u meni so‘nggi bor mashg‘ulotga olib borayotganini bilmagan edim. Bilganimda, suhbatiga to‘yib olgan bo‘lardim. Futbol bu sport, ammo hayotda undan muhim narsalar ham mavjud".

O‘sha voqea Robertni orzu qilishdan mahrum qildi. U shirin xayollar bilan hech qanday yutuqqa erishib bo‘lmasligini angladi. O‘sha kundan boshlab, barchasiga mehnat qilish shartligini tushundi. Uning aytishicha, butun faoliyati davomida otasining mehnatlarini bir soniyaga bo‘lsa ham unutmagan.

Salom, Gerd Myuller!

lrlepglerlgerg

2014 yilda "Bavariya" bilan shartnoma imzolagach, Robert aqlbovar qilmas sermahsullik ko‘rsatishni boshladi. 329 o‘yinda 294 gol! U Bundesligada 4 bor "oltin butsa" sovrinini o‘ziniki qilib oldi. Yakunlangan mavsumda esa, chempionatda 41 gol urdi. Shu tariqa, Gerd Myuller o‘rnatgan "40" dovoni zabt etildi. 1972 yildan beri hech kim Myullerni quvib o‘tmaganini hisobga olsak, polyak allaqachon tarixdan o‘rin egalladi.

E’tiborlisi shundaki, Robert 41 gol urish uchun atigi 29 o‘yin sarfladi. Terma jamoa safida mart oyida olgan jarohati uni bir oy futboldan chetda qolishiga sabab bo‘lgan bo‘lsada, yakunda Myullerning rekordi yangilandi. Ayniqsa, "Borussiya M" darvozasiga 3 gol kiritgach, hissiyotlarini yashirib o‘tirgani yo‘q.

Polsha bu "Bavariya" emas!

kforewkoeg

"Bavariya"da Robert butun boshli mexanizmning so‘nggi qismi sifatida to‘p suradi. Top darajadagi ijrochilar mahorati sababli uning har o‘yinda gol urishiga o‘rganib qolganmiz. Terma jamoada hammasi boshqacha. Undan nafaqat gol, balki liderlikni ham kutishadi. Avvalgi ikki Evroda u asosiy yulduz bo‘ldi, biroq etakchilikni uddalay olgani yo‘q. Qahramonimiz turnir avvalida o‘z-o‘zini sug‘urtalab qo‘ydi. U jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida Polshaning xalqaro arenadagi g‘alabalari birgina o‘ziga bog‘liq emasligini aytdi.

Katta ehtimol bilan, Robert o‘ziga bo‘lgan bosimni kamaytirmoqchi bo‘lgandir. Bunday etakchilarga hech qachon oson bo‘lmagan. Klubda uni to‘xtatib bo‘lmaydi, lekin terma safida doim omadsizlar qatorida. Xo‘sh, bu muammoni u qanday engib o‘tadi? Ikki tur orda qoldi, lekin katta sahnaga chiqish uchun imkoniyat bor. Shvetsiya bilan uchrashuv Robertni xalq qahramoniga yoki terma uchun jon kuydirmaydigan maqtanchoq yigitga aylantirishi mumkin. Voqealar rivojini SPORTS.uz da kuzating!

Ya.U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Эшалиев Шавкат
24/06/2021 15:43
Афсуски ҳақиқатан ҳам Робертни бир ўзига боғлиқ эмаслиги ўз таъсирини кўрсатди.