Husanov etishmagan o‘yindan keyin Gvardiola nimalar dedi?

  • 2 oktabr, 06:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining aksariyati Evropa Chempionlar ligasining yangi mavsumida “Manchester Siti”ga ishqibozlik qilayotgani sir emas.

Tecno

Sababi oddiy, ushbu jamoadagi hamyurtimiz Abduqodir Husanov klublar miqyosidagi ushbu eng nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqich ikkinchi turida Xosep Gvardiola shogirdlari Frantsiyada “Monako” jamoasi mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Erling Xolandning dubliga Jordan Teze va Erik Dayer javob qaytardi.

O‘yindan kelib chiqib aytish mumkinki, Xosep Gvardiola shogirdlari Abduqodir Husanov o‘ynamagan uchrashuvlarning so‘nggi daqiqalarida gol o‘tkazib yuborishi odatiy tusga aylanib bormoqda. Bu gal ham shunday bo‘ldi. “Siti”ning jarima maydonchasi ichidagi o‘yini 90-daqiqada jamoa darvozasiga belgilangan penalti bilan yakunlandi va g‘alaba qo‘ldan boy berildi.

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola quyidagicha fikr bildirdi.

- O‘yin yaxshi bo‘ldi, raqib darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlar yarata oldik. Afsuski, so‘nggi daqiqalarda aslida bo‘lmagan qoida buzarlik uchun belgilangan jarima zarbasi vaqtida himoyada kerakli darajada yaxshi o‘ynay olmadik va buning oqibatida penalti kelib chiqdi. O‘sha vaziyatda Niko to‘pga birinchi tekkan edi, uning fol ishlatish istagi bo‘lmagan.

Bilmadim, bu holatda penalti bormi yoki yo‘qmi, lekin hakam shunday qaror qildi va biz endi  hech narsa qila olmaymiz. Bir ochko oldik va olg‘a intilishda davom etamiz, - dedi Xosep Gvardiola.

“Shaharliklar” ustozi murakkab tarzda o‘tgan uchrashuv qahramonlaridan bo‘lgan Erling Xolandning o‘yini va samaradorligiga ham baho berib o‘tdi.

- Xoland juda zo‘r, u gol urish ilinjida o‘ynayapti va buni ajoyib tarzda uddalayapti ham. Jamoa unga ko‘proq to‘p etkazib berishi kerak.

Ammo “Monako” ikkita markaziy himoyachi va ikkita tayanch yarim himoyachi bilan o‘ynagani bois, Xolandga pas berish oson kechgani yo‘q. Shunga qaramay, Erling gol ura olgani quvonarli, - dedi Xosep Gvardiola TNT Sports jurnalistlari bilan bo‘lgan suhbatdi.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti” Abduqodir Husanov o‘ynagan birinchi uchrashuvda Italiya chempioni “Napoli”dan gol o‘tkazmagan edi. Ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, manchesterliklar to‘rt ochko bilan musobaqa jadvalida sakkizinchi pog‘onada bormoqda.

Xosep Gvardiola jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini yana safarda o‘tkazadi. 21 oktyabrga belgilangan bahsda “shaharliklar” Ispaniyada “Vilyarreal” mehmoni bo‘ladi. Bo‘lajak o‘yinda Abduqodir Husanov jamoasiga yordam bera oladi, deb umid bildirib qolamiz.

Husanovmi? Gvardiola “Siti” futbolchisini “Real”ga bermayapti
“Monako”ga qarshi o‘yin oldidan Husanovning ahvoli qanday?

Shomurodov Turkiya Superligasi to‘purari bo‘la oladimi?

Shomurodovning barcha gollarini sanaymiz...

Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!
Husanovdan o‘tolmading-ku! “Arsenal” mashhur hujumchidan voz kechadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!