Koutinoda APLga qaytishi uchun 2 ta variant bor

  • 30.03.2019 17:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino mavsumlar oralig‘ida yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchi APLning ikki top-klubi qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Gap "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari haqida ketmoqda. Biroq, “aristokratlar” FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer ta’qiqi sabab uni sotib ololmasliklari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Koutino “Barselona” safiga 2018 yilning yanvarida “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!