"Kremoneze" "Roma"ni taslim etish bilan bir qator rekordlarni takrorladi

  • 2 fevral, 2023, 11:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogi chorak finalida “Kremoneze” safarda “Roma”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

"Yo‘lbarslar" 18 yil ichida Italiya kubogining yarim finaliga chiqqan birinchi A Seriya debyutanti bo‘ldi. 2004/05 yilgi mavsumda "Kalyari" mana shunday muvaffaqiyatga erishgan edi.

Shuningdek, “Kremoneze”  o‘z rekordini takrorladi - tarixda ikkinchi marta, 1987 yildan beri birinchi marta kubok yarim finalga chiqdi.

"Kremoneze" joriy mavsum 20 turdan so‘ng 8 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onada bormoqda. Klub o‘tgan mavsumda B Seriyada ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!