Krishtianu Ronaldu: 2019 yildagi rekordlarimni hech qachon yodimdan chiqarmayman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qanday esda qolarli mavsum. Yangi taassurotlar, katta klub va ajoyib shahar, rekordlar urish va uchta titul. Meni iliq kutib olishganliklari uchun "Yuventus" muxlislariga rahmat aytishim lozim. Ular g‘alabamizda katta o‘rin tutishadi.

Meni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimga, ayniqsa, portugaliyaliklarga katta rahmat aytaman. Ular yordamida yana bir ajoyib sovrinni qo‘lga kiritdik. 

Men 2019 yilda qo‘lga kiritgan sovrinlarim va rekordlarimni hech qachon unutmayman. 

- Italiya Superkubogidagi g‘alaba goli;

- A Seriyadagi muvaffaqiyat, mavsumning eng yaxshi futbolchisi mukofoti va 21 gol; 

- Millatlar ligasidagi g‘oliblik va xet-trik;

- EChLda 100 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan va 125 ta gol kiritgan ilk futbolchi;

- UEFA tasarrufidagi musobaqalarda 10 ta titul qo‘lga kiritgan ilk futbolchi;

- Terma jamoalar miqyosidagi turli musobaqalar (JCh, Evropa chempionati, Konfederatsiyalar kubogi va Millatlar ligasi)ning turli bosqichlarida gol kiritgan ilk futbolchi;

Tez kunda uchrashguncha! Biz birgalikda yangi rekordlar, yangi g‘alabalar uchun kurashamiz! Men sizlarga ishonaman!, - deb yozib qoldirdi portugaliyalik futbolchi o‘zining "Instagram" sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!