Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatidagi ilk mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati 20-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod"ga qarshi bahsda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdan keyin jamoa sardori Krishtianu Ronaldu "Instagram"ga post joyladi.

"Natijadan hafsalamiz pir bo‘ldi, lekin bor e’tiborimizni oldindagi o‘yinlarga qaratamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun "An-Nasr" muxlislariga rahmat. Biz sizga ishonishimiz mumkinligini bilamiz", - deya yozib qoldirgan portugaliyalik yulduz.

Ma’lumot uchun, riyodliklar ushbu mag‘lubiyatdan keyin turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Peshqadam "Al-Ittihod"dan jamoa 1 ochko ortda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!