
"Kristal Pelas" "Tottenxem" himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi
Mirror nashri xabariga ko‘ra, "Kristal Pelas" "shporlar"ning 22 yoshli himoyachisi Kayl Uoker-Piters bilan shartnoma imzolash niyatida.
"Pelas" futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish niyatida, ammo London klubi futbolchini to‘laqonli sotib olish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi uchun "Kristal Pelas" boshqa bir APL klubi "Sautgeampton" bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Joriy mavsumda Uoker-Piters "Tottenxem" libosida APL doirasida 3 ta o‘yinda maydonda harakat qilgan.
Fikrlar