
Kroos Saudiya Arabistoni variantini tanlayotgan yulduzlarni tanqid qildi
Toni Kroos futbolchilarning Saudiya Arabistoniga ommaviy ketishidan norozi.
“Inson huquqlarini hurmat qilmaslik meni u erga borishimga xalaqit berishi mumkin.
Lekin Krishtianu Ronaldu faoliyatining oxirida qilganidek, har kim o‘zi qaror qabul qilishi kerak. Ammo faoliyati cho‘qqisida bo‘lgan va Evropaning top-klublarida o‘ynash imkonini beradigan sifatlarga ega bo‘lgan futbolchilar u erga borishga qaror qilishsa, bu juda yomon bo‘ladi.
Bu qaror pul foydasiga va futbolga qarshi. Barchamiz biladigan va sevadigan futbol uchun hammasi yomon tarafga qarab ketmoqda", - dedi "Real Madrid" yarim himoyachisi.
Fikrlar