
Kroos zamonaviy futboldagi yarim himoyachilarning o‘rni haqida gapirdi
Toni Kroos zamonaviy futbolda yarim himoyachilarning o‘rni katta ekanligi haqida fikr bildirdi.
- Bir narsa aniq: yarim himoyachi pozitsiyasi zamonaviy futbolda hal qiluvchi ahamiyatga ega, bunga hech qanday shubha yo‘q. Rodri kabi o‘yinchining jarohatlanishidan so‘ng "Manchester Siti"da yuz bergan vaziyatni ko‘ring.
Masala shundaki, yaxshi yarim himoyachi yoki markaziy himoyachining qadri u yo‘q paytdagina bilinadi. U maydonda bo‘lganida, bu tabiiy holat deb qabul qilinadi, u go‘yo ko‘zga tashlanmaydi, go‘yo hamma narsa joyida, va shunda hujumchilar o‘yin natijalarini bemalol hal qila oladilar.
Faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng "Real"ning muxlisiga aylandim, bu erda 10 yil ishlagandan keyin bu tabiiy hol. Men ham, boshqa muxlislar kabi, bu mavsumning oson kechmaganini ko‘rdim. Odamlar esa: "Ha, buning barchasi Toni Kroosning yo‘qligidan," deb aytishardi.
Men esa faqat hamma narsa yaxshi bo‘lishini va ular bunday gaplarni to‘xtatishlarini xohlardim, - dedi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi.
Fikrlar