
Kuchli sportchilar saralanyapti
Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida engil atletika bo‘yicha U-18 yosh toifasida mamlakat chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning 60, 400, 800 va 1500 metr masofalarga yugurish bahslarida Safiya Lepeshkina, Muhayo Gulmurodova, Saodat Alijonova, Sadafbonu Nusratilloeva, Beknur Abdiqodirov, Mirzo Zoirov, Javohir Matrasulov va Alibek Abdullaev kabi atletlarimiz marra chizig‘iga birinchi bo‘lib etib keldi.
60 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda Zayniddin Ravshanov hamda Shodiyona Rahmonovaga teng keladigani topilmadi.
Balandlik va uzunlikka sakrash bo‘yicha qizlar orasidagi bellashuvlarda Angelina Grechkina va Shukrona Qodirova mamlakat chempioniga aylandi.
Yadro uloqtirishda Parizod Abdullaeva hamda Ozodbek Zarifjonov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Fikrlar