
Kuman boshqaruvidagi "kema" cho‘kishda davom etadi
La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari kuchli raqibni 1:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Falkao gol urdi va mazkur gol amalda o‘yin taqdirini hal qilib berdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" hisobidagi 15 ochko o‘zgarmay qoldi va ular 9-o‘rindan joy olgan. Ochkolarini 19 taga etkazib olgan "Rayo Valekano" esa 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Fikrlar