Kuman: Imkoniyatlar yaratish yaxshi, ammo...

  • 16 iyun, 2024, 21:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasining Polsha ustidan qozonilgan g‘alabasi (2:1) haqida fikr bildirdi. 

"Bir soat davomida biz juda yaxshi o‘ynadik va ko‘plab vaziyatlar yarata oldik. Burchak zarbasidan so‘ng himoyadagi xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Bu jihatni yaxshilashimiz kerak. 

Hisob 3:1 yoki 4:1 bo‘lishi mumkin edi. Imkoniyatlar yaratish yaxshi, ularni golga aylantirish esa boshqa masala. 

Ijobiy taraflarimiz ko‘p, lekin ayni vaqtda yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Masalan, vaziyatlarni golga aylantirish. 


Tarkib haqida 

Men har doim Vautni doim termaga jalb etaman. Sababi, u muhim gollarni urgan. Shuningdek, Memfisni ham ta’kidlash lozim. U boshqa turdagi, tajovuzkor futbolchi. Gakpo juda yaxshi o‘ynadi, Frimpong va Malen ham ajoyib uchrashuv o‘tkazdi. Qiyin, ammo haqli g‘alabaga erishdik", - dedi Niderlandiya terma jamoasi ustozi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!