
Kunni g‘alaba bilan yakunladik!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
-85 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akmaljon Isroilov Australiya vakili Lachlan Lavsonga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qaroriga g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Endi bokschimiz 12 sentyabr kuni yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Fikrlar