Kuper matbuot anjumanlarida o‘yinni himoyaga tayangan holda tashkil etamiz, degandi. Ammo men mana shunday holatni ko‘rganim yo‘q - Mutaxassis

  • 2 iyul, 2021, 17:42
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati 2-saralash bosqichida qolib ketishi hazm qilib bo‘lmaydigan holat. Saudiya Arabistonidagi bellashuvlardan so‘ng terma jamoa va uning atrofida turli fikrlar yangramoqda. Keyingi bosqichga chiqa olmaganimizni kimdir Vadim Abramovga ayrimlar Ektor Kuperga bog‘lamoqda.

Tecno

Yaqindagina "Turon" klubi ustoziga aylangan Igor Shkvirin SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida muvaffaqiyatsizlik sababi va terma jamoamiz Saudiyaga yutqazib qo‘ygani borasidagi fikrlarini taqdim etamiz.

- Nima uchun aynan Saudiya Arabistoni?! Bunga qadar ham terma jamoamizda muvaffaqiyatsiz uchrashuvlar bo‘ldi. Men JCh-2022 uchun o‘tkazilgan o‘yinlardagi bunday ishtirokni saralashlardagi eng omadsizi, deb hisoblayman. Chunki bunga qadar terma jamoani qaysi murabbiy boshqarmasin, albatta, saralashning yakuniy bosqichiga chiqqanmiz. O‘shanda ham Abramov, Babayan kabi murabbiylar bilan ham shu ishni uddalaganmiz. Men bunday muvaffaqiyatsiz ishtirokning asosiy sababi sifatida terma jamoada bosh murabbiy almashganini ko‘rsatishim mumkin. Falastindan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin shunday o‘zgarish bo‘ldi. Bu o‘zgarish yakunda o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.

photo_2019-06-06_19-01-44

Oldingi murabbiy Kuper matbuot anjumanlaridan birida o‘yinni himoyaga tayangan holda tashkil etamiz degandi. Ammo men uning boshqaruvidagi terma jamoada mana shunday o‘yinni ko‘rganim yo‘q. Hatto o‘rtoqlik uchrashuvlaridan birida terma jamoamiz yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Odatda murabbiylarning ko‘pchiligi hujumkor futbol o‘ynashga harakat qilamiz, deyishadi. Biroq Kuper... Bizga bu safar nimadir etishmay qoldi. Zarur paytda kiritilgan gollar, boya berilgan ochkolar etishmaganligi evaziga shu ahvolga tushib o‘tiribmiz, - dedi Igor Shkvirin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
02/07/2021 17:41
Куперни оқламоқчи эмасману.Лекин бу ҳам,Абрамов томонида.Хўш Фаластинни ютдик ҳам дийлик.Лекин Саудияни юта олмаган мураббийдан яна нимани кутиш мумкин?Ҳаттоки тошкентда!
Фаррух Юсупов
02/07/2021 17:53
Австралия билан тег ма тенг уйнади Купер жамоаси ва пенальти да йутказди. Хозир Абрамов жамоасига 4-5 урса керак Австралия.
&
Abdushukurov O
02/07/2021 20:26
Тўғри. Лекин, у пайтда Австралияда ҳам таркиб ўзгарган ва ёшарган эди, ўйинида пасайиш бор эди.