
Kurash: O‘zbekcha finalda Shermuhammad Jandreevning qo‘li baland keldi
Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan kurash bahslarining erkaklar o‘rtasidagi -90 kg vazn toifasidagi polvonlar bahsi o‘z yakuniga etdi.
Ushbu vazn toifasining final bosqichida ikki nafar polvonimiz o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli o‘tgan bellashuvda Shermuhammad Jandreevning qo‘li baland keldi va Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish lozim, olinroq -66 kg vazn toifasida ham ikki nafar vakilimiz oltin medal uchun o‘zaro bahs olib borishgandi. O‘shanda Ma’ruf G‘aybulloev Ruslan Bo‘riev ustidan chala bahosi evaziga g‘alaba qozongandi.
Fikrlar