
Kutib oling! Modrichni"As-Sadd"ga olib kelishmoqchi
Qatardagi SPORTS.uz sayti vakilining ma’lum qilishicha, "Real" futbolchisi Luka Modrich Qatar chempionatining "As-Sadd" jamoasiga o‘tishi mumkin.
Futbolchining "Real" bilan shartnomasi shu yil yozida yakuniga etadi. U hozircha yangi shartnoma bo‘yicha klub rahbariyati bilan muzokaralarga kirishmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Modrich joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 32 o‘yinda 6 gol urib, 4 marta assistentlik qildi.
Fikrlar