Kutilmagan burilish: Neymar “Barsa”ga qaytishiga imkon tug‘ildi

  • 2 mart, 11:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbol yulduzi Neymar “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va sport direktori Dekuga Kataloniya klubiga qaytish niyati borligini bildirdi.

Tecno

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, 33 yoshli hujumchining agenti Pini Zaxavi “Santos” va “Barselona” vakillari bilan bu transferni muhokama qildi. Neymarning “Barselona”ga qaytishi boshida imkonsizdek tuyulgan bo‘lsa, dastlabki muzokaralardan keyin vaziyat ijobiy tomonga o‘zgardi.

“Barselona” prezident Joan Laporta Neymarning ortga qaytishiga jiddiy qiziqish bilmoqda. Futbolchining o‘zi bunga erishish uchun maoshi talabini sezilarli darajada pasaytirishga va jamoada ikkinchi darajali rol berilishiga roziligini bildirgan.

Biroq bu transferni bosh murabbiy Xansi Flik qabul qilgisi kelmayapti. Chunki germaniyalik mutaxassis Neymar jamoaga kerak emas, degan fikrda.

Transfer muhokamalar davom ettiraladigan bo‘lyapti.  

Neymar 2013-2017 yillar davomida “Barselona” o‘yinchisi bo‘lgan. Hujumchi bu klubda jami 186 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 105 ta gol va 76 ta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!