Kutilmagan transfer: Yangi murabbiy “Chelsi”ga yanvarda “Real” yulduzini olib kelmoqchi

  • 15.01.2026 07:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” rahbariyati italyalik mutaxassis Enco Mareskani bosh murabbiylikdan bo’shatib, uning o’rniga Liam Rosenyorni tayinlaganidan keyin jamoa tarkibida ham o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda.

 Xususan, yangi kelgan angliyalik murabbiy yanvar oyidayoq yangi transferlarni amalga oshirishga bel bog’lagan.

Fichajes nashrining yozishicha, Liam Rosenyor jamoaga “Real”da murakkab davrni boshdan o’tkazayotgan Angliya terma jamoasi o’yinchisi Trent Aleksander-Arnoldni olib kelishni so’rayapti.

Qiziqi shundaki, Trent o’tgan yoz “Liverpul”dagi faoliyatini yakunlab, katta maqsadlarni ko’zlagan holda “Real” safiga qo’shilgan edi. Biroq jamoadagi inqirozli vaziyatlar uning ham o’yiniga ta’sir qildi. Trent ispan futboliga moslaga olmadi va “Liverpul”da ko’rsatgan darajasiga chiqa olmayapti.

Rosenyor uni to’liq sotib olish murakkabligini yaxshi anglaydi va shuning uchun “Chelsi” mutasaddilaridan 27 yoshli o’ng qanot himoyachisini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni iltimos qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!