
Kutilmaganda, “Barsa”dan taklif keldi
“Milan” himoyachisi Alessio Romanoli faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Tarkibini yangilashga harakat qilayotgan “Barselona” yozda italiyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
26 yoshli himoyachining o‘zi milanliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti. Uning amaldagi kelishuvi kelasi yili yozda yakunlanadi. Shu bois, “Milan” mavsum yakunlanishi bilan uni transfer qilishi kutilmoqda.
“Barselona” Ramonolini kelasi yili faoliyatini yakunlashi kutilayotgan Jerar Pikega o‘rinbosar qilib olib kelmoqchi.
Italiya terma jamoasi himoyachisi hisoblangan Alessio 2015 yildan beri “Milan” sharafini himoya qilib kelmoqda. Bugungi kunda uning transfer summasi 30 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar