
La Liga. "Atletiko Madrid" ikkinchi turda ham g‘alaba qozona olmadi
Ispaniya La Ligasining 2-turida Diego Simeone boshqaruvidagi "Atletiko Madrid" bu safar o‘z uyida "Elche"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
"Matraschilar" hujumchisi Aleksander Syorlot 8-daqiqadayoq hisobni ochgan edi. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa mehmonlar futbolchisi Rafael Mir Visente Oblak darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu ikki goldan so‘ng muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi (1:1).
Ma’lumot o‘rnida, Madrid klubi 2 bellashuvdan so‘ng 1 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalinin 13-o‘rinini egalladi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Atletiko Madrid
- Alexander Sørloth 8'
Tugadi
1
:
1
23.08.2025 22:30

Elche
- Rafa Mir 15'
Fikrlar