La Liga. "Atletiko Madrid" safarda mag'lubiyatga uchradi
Ispaniya La Ligasining 33-tur bahslari davom etmoqda.
Evropa Chempionlar ligasida chempionlik uchun kurashni davom ettirayotgan Madriddning "Atletiko" klubi ichki chempionatda omadsiz ishtirokida ildamlamoqda. Bu gal Diego Simeone shogirdlari "Elche" uyiga safar qilib, kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Dastlab, 10-daqiqada Nikolas Gonsales "matraschilar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Affengruber muvozanatni tikladi. 33-daqiqada Andre Silva penaltiidan gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 1 daqiqadan so‘ng Gonsales dublni rasmiylashtirib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 75-daqiqaga kelib, Andre Silva ham o‘z nomini ikkinchi bor tabloda yozdirib qo‘ydi va dubl qayd etib, "Elche"ga g‘alaba keltirdi. Yakuniy hisob 3:2 mezbonlar g‘alabani tantana qildi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Elche
- David Affengruber 18'
- André Silva 33'
- André Silva 75'
22.04.2026 22:00
Atletiko Madrid
- Nico González 10'
- Nico González 34'

Fikrlar