La Liga. "Atletiko" oʻz maydonida "Espanʼol"ni magʻlub etdi – 4:2
Ispaniya La Ligasining 25-turidan o‘rin olgan bahsda "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Espan'ol"ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Hisob 6-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Jofre Karreras tomonidan ochildi. 21-daqiqada esa hujumchi Aleksandr Sörlot javob golini kiritdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida, 49-daqiqada Juliano Simeone madridliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, 58-daqiqada Ademola Lukman tabloda yana bir golni yozdirib qo‘ydi. 72-daqiqada Sörlot o‘zining ikkinchi golini urib, dubly muallifiga aylandi. Ushbu vaziyatda italyalik himoyachi Matteo Rudjeri ikkinchi golli uzatmasini amalga oshirdi. 80-daqiqada Edu Eksposito mehmonlar hisobidagi ikkinchi golga mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Atletiko" ochkolar sonini 48 taga yetkazdi va turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Atlético de Madrid
- Alexander Sørloth 21'
- Giuliano Simeone 49'
- Ademola Lookman 58'
- Alexander Sørloth 72'
22.02.2026 01:00
Espanyol
- Jofre Carreras 6'
- Edu Expósito 80'

Fikrlar