La Liga. "Barselona" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
La Liganing 19-turidan o‘rin olgan "Las-Palmas" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Munir 12-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqada Munir imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Sinkgraven Gyundoganga nisbatan qo‘pallik ishlatib, qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi. Shuningdek, mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrlik jarimadan Ilkay unumli foydalana oldi.
Shu tariqa, "Barselona" 41 ochko bilan 3-o‘ringa qaytdi.
Fikrlar