La Liga. "Barselona" so‘nggi daqiqalarda "Levante" ustidan g‘alaba qozondi

  • 24 avgust, 02:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 2-turida Xans-Diter Flik murabbiyligidagi "Barselona" "Levante" bilan to‘qnash kelib, 3:2 hisobida zafar quchdi. 
 
Dastlab birinchi bo‘limning 15-daqiqasida Ivan Romero Garsiya darvozasini ishg‘ol qildi. 45+7-daqiqada esa to‘p Baldening qo‘liga tegdi va penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasidan Morales oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. 
 
Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida Pedri uzoqdan kuchli zarba berib, chiroyli gol muallifiga aylandi. 3 daqiqa o‘tib esa Ferran Torres burchak zarbasidan kelgan to‘pni oyog‘i bilan zarba yo‘llab hisobni tenglashtirdi. Shuningdek, 90+1-daqiqada Unai Elgezabal o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (2:3).

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" navbatdagi uchrashuvini "Rayo Valekano"ga qarshi o‘tkazadi.

  • Ispaniya - La Liga
  • Joriy Mavsum

Levante

  • Iván Romero 15'
  • José Luis Morales 45'
Tugadi
2 : 3

24.08.2025 00:30

Barselona

  • Pedri 49'
  • Ferran Torres 52'
  • Unai Elgezabal 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!