
La Liga. "Kataloniya derbisi"da "Jirona"ning qo‘li baland keldi
La Liganing 16-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Jirona" uchrashuvida mehmonlar 2:4 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 12-daqiqada Dovbik hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Levandovski imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Migel va Valerilar oradagi farqni ikkitaga oshirdi, lekin 90+2 daqiqada Gyundogan javob qaytardi. Shunga qaramay, 90+5 daqiqada Stuani o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Jirona" turnir jadvalida 1, "Barselona" esa 4-pog‘onaga joylashdi.
Fikrlar