La Liga klubining sotib olgan futbolchisi "kasal" bo‘lib chiqdi

  • 12.08.2020 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Granada" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali jamoa yarim himoyachisi Maksim Gonalonda Covid-19 aniqlangani haqida ma’lum qildi.

Qizig‘i, ispan klubi 31 yoshli futbolchini yaqindagina “Roma”dan sotib olgan edi. Unda jamoaga kelganidan bir necha soat o‘tar-o‘tmas koronavirus infektsiyasi borligi aniqlandi. U hozir o‘zining Frantsiyadagi uyida karantinda bo‘lib turibdi.

O‘tgan mavsumni “Granada” safida ijarada o‘tkazgan Ganolan 19 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!