La Liga o‘yinlarini davom ettirish borasida 3 taklif

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionati rahbariyati va Ispaniya futbolchilar assotsiatsiyasi koronavirus infektsiyasining mamlakat  futboliga ta’sirini kamaytirish ustidan bosh qotirmoqda. "Marca" nashrining xabar berishicha, gap mavsumni davom ettirish masasalida bormoqda.

Hozirda bu borada uch xil variant ko‘rib chiqilmoqda. Quyida ular haqida birma-bir to‘xtalamiz.

1. Mavsumning qolgan qismini may oyidan davom ettirish. Bu eng optimistik variant bo‘lib, bellashuvlar may oyining o‘rtasidan boshlanib, 30 iyun  yoki 15 iyulga qadar davom etadi. Ya’ni jamoalar har 3 kunda maydonga tushishlari talab etiladi. Uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tadimi yoki buning aksi, farqi yo‘q. 30 iyun sanasida shartnomasi tugaydigan futbolchilar borasidagi qarorni esa FIFA hal qiladi.

2. Mavsumning qolgan qismini yozda o‘tkazish. "Evro-2020" turniri kelgusi yilga qoldirildi va bu ham bir taklif. Ammo keyingi mavsum starti biroz cho‘zilishiga to‘g‘ri keladi. Mazkur variantga ko‘ra, o‘yinlar avgust-sentyabrga qadar davom etadi.

3. Mavsumni kuzdan davom ettirish. Bu eng so‘nggi, shu bilan birgalikda reallikka yaqin bo‘lgan taklif sanaladi. Bu degani "mavsum-2020/21" ham boshqa sanaga suriladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya La Ligasida ortda qolgan 27 turdan so‘ng "Barselona" 58 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklardan ikki ochko kam jamg‘argan "Real" klubi esa 2-pog‘onadan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!