La Liga. “Real” Ronaldu va Ramos gollari evaziga zafar quchdi

  • 13 mart, 2017, 08:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniya chempionati 27-turida Madridning “Real” jamoasi o‘z maydonida “Betis” futbolchilarini qabul qildi.

Qiziqarli va murosasiz o‘yinda Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramosning gollari Madrid klubiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Real" (62) birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga erishdi va eng yaqin ta’qibchisi "Barselona"dan (60) ikki ochko o‘zib ketdi. Shuningdek, madridliklar hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.

Real Madrid – Betis 2:1

Gollar: 0:1 – 25, avtogol Navas, 1:1 – 41 Ronaldu, 2:1 – 81 Ramos.

Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kroos, Isko (Asensio, 79), Xames (Vaskes, 69), Ronaldu, Morata (Benzema, 71).

Betis – Adan, Petstselya, Toshka, Durmisi, Mandi (Rafa Navarro, 84), Pardo, Brashanats (Alegriya, 86), Sebalos, Pichchini, Sanabriya, Ruben Kastro (Petros, 64).

Ogohlantirishlar: Pichchini (30), Marselo (87).

Chetlatish: Pichchini (78).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!