
La Ligani tark etgan ikkinchi jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi
La Liga 37-turi doirasida "Malorka" o‘z maydonida "Granada"ga (1:2) mag‘lub bo‘lib, Ispaniya chempionatini muddatidan oldin tark etdi. Bungacha, "Espanol" Segundaga ravona bo‘lishi aniq bo‘lib ulgurgan edi.
Chempionatning so‘nggi turida "Selta" yoki "Leganes" klublaridan biri primerani tark etadigan uchinchi klub sifatida qayd etiladi.
Vigoliklar turnir jadvalida 36 ochko bilan 17-o‘rinni, "Leganes" esa 35 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.
So‘nggi turda "Selta" "Espanol"ga safar qiladi, "Leganes" esa o‘z o‘yida "Real"ni qabul qiladi.
Fikrlar