"Latsio" etakchisidan ayrildi
"Latsio" klubi hujumchisi Chiro Immobilening koronavirusga qarshi topshirgan test javobi musbat chiqdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan seshanba kuni italiyalik futbolchi va uning xotini Jessika "Latsio"ning rodjestvo bayramida ishtirok etgan. Chorshanba kuni esa Jessikada koronavirus aniqlanadi va Immobile ham darhol karantinga olinadi.
Aynan shu sababli Chiro A Seriyaning 18-turidan o‘rin olgan "Jenoa"ga (3:1) qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Endi esa uning o‘zida ham koronavirus borligi tasdiqlandi.
Immobile endi "Latsio"ning 2021 yildagi so‘nggi "Venetsiya"ga qarshi bo‘ladigan 22 dekabrdagi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Chiro Immobile joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar