Lautaroga birinchi taklif keldi. U qabul qiladimi?

  • 2 iyun, 2021, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Inter” mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan argentinalik hujumchi Lautaro Martinesni sotib, moliyaviy inqiroz oqibatlarini yumshatishini ma’lum qilgan edi.

Tecno

Vaziyatdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan “Atletiko” bu hujumchini so‘rab, birinchi rasmiy taklifini yubordi.  Ispaniya chempioni hujumchini 50 million evroga baholagan. Lekin milanliklar hali bu taklifga munosabat bildirgani yo‘q.

Ma’umotlarga qaraganda, “Inter” asosiy hujumchilaridan birini 70 million evrodan past narxga sotmaydi. O‘tgan yili Lautaroni “Barselona” qo‘lga kirita olmagan edi.

“Inter” futbolchilarning kelasi mavsumga  mo‘ljallangan maoshini kafolatlash uchun iyun oyining oxiriga qadar yulduzlaridan birini sotib yuborishi kerak bo‘ladi. Klubni tark etadiganlar ro‘yxatida Lautaro Martinesdan tashqari Romelu Lukaku va Ashraf Hakimi singari kuchli futbolchilar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!