Laziz Ubaydullaev: Xujumlarni yakunlashda oqsadik

  • 28 aprel, 2017, 21:47
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

       Yoshlar liga 8-turi doirasidagi “Sho‘rtan”-“Qo‘qon-1912”  jamoalari o‘rtasida kechgan qiziqarli uchrashuvida hisob ochilmadi . Shiddatli  va keskin kurashlarga boy  bo‘lgan bahsda har ikki jamoada ham ko‘plab xavfli vaziyatlar vujudga keldi. Futbolchilarda oxirgi vaziyatlarda aniqlik etishmadi natijada jangavor durangga rozi bo‘lishdi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng, mezbonlar yarim himoyachisi 19-raqamli futbolchisi Laziz Ubaydullaev fikrlari bilan qiziqdik.

-Bahsni o‘ylagan rejalarimiz asosida boshladik. Lekin omadimiz kelmadi. Yigitlarda o‘z kuchlariga nisbatan ishonch hissi sezilmayati.To‘g‘ri, avvalgi bahslarga qaraganda, bugun gol urish uchun ko‘proq vaziyatlar bo‘ldi. Biroq hujumlarni yakunlashda oqsadik. Jangavor tarzda kechgan o‘yin durangga mos edi. Muxlislar chiroyli golli vaziyatlarga boy o‘yin ko‘rishdi.Endi keyingi tur  safarda “Buxoro”ga qarshi bahsga astoydil tayyorgarlik ko‘rishmiz shart.    

Faxriddin Choriev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!