
Legionerimiz: G‘alabada hissam bor!
BATE sharafini himoya qilayotgan Shahboz Umarov Belarusdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Borisovlik futbolchilar mamlakat kubogining finalida “Isloch” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jamoa tarixida beshinchi bor ushbu sovringa ega chiqdi.
Uchrashuvda faol o‘ynagan o‘zbekistonlik legioner jurnalist bergan bir juft savolga javob qaytardi:
- Bosh murabbiy Vitaliy Jukovskiy o‘yindan oldin nimalar dedi?
Bu sovrin biz uchun juda muhim, shuning uchun ortiqcha gapning keragi yo‘q, maydonga chiqinglar va g‘alaba qozoninglar, dedi. Tanaffus vaqtida o‘yinga o‘zgartirish kiritib, xatolarimizni tushuntirib berdi.
- Pavel Nixaychik bilan qanotlarda almashib o‘ynash kimning fikri edi?
- Aslida biz u bilan doim o‘rin almashib o‘ynaymiz. Murabbiylarning ko‘rsatmasi shunday. Vitaliy Jukovskiy o‘ng qanotda ko‘proq foydam tegadi, deb hisoblagan bo‘lsa kerak. Bu o‘zini oqladi. Birinchi gol kiritilgan hujum shu erdan boshlandi va bunda mening ham hissam bor.
Fikrlar