
Legionerimiz jamoasini Evrokuboklarga olib chiqmoqchi!
O‘zbekiston futbolining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan Umaral Rahmonalievning faoliyatini yangi bosqich boshlandi.
“Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi “Rubin”dagi faoliyatidan keyin Ozarbayjon chempionatiga ko‘chib o‘tdi. Qozonliklar 21 yoshli futbolchini 2025 yil oxiriga qadar “Sabax” jamoasiga ijaraga yubordi.
Ozarbayjon chempionatining 22-turida Umarali Rahmonaliev “Sabah” tarkibida “Turon-Tovuz” jamoasiga qarshi to‘liq o‘ynadi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.
Uchrashuvdan keyin hamyurtimiz azerisport.com saytiga intervyu berdi.
- “Turon-Tovuz” jamoasi bilan bo‘lgan o‘yin haqida nima deya olasiz?
- O‘yin biz uchun juda og‘ir etdi. Istak kuchli bo‘lgani uchun bu muhim uchrashuvda g‘alaba qozona oldik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Maydonda murabbiyning barcha aytganlarini amalga oshirdik. Pozitsion himoya va hujum vaqtida barcha ko‘rsatmalarni to‘g‘ri va to‘liq bajardik.
- Bu aytganlaringiz asosan ikkinchi bo‘limga tegishli. Birinchi bo‘limda nega ishlar yurishmadi?
- Bilmayman. O‘yinga kirishish qiyin bo‘ldi. Hamma o‘ylaganlarimiz ham o‘xshayvermadi. Hujum chizig‘ida shiddatli harakatlar etmadi. Himoya va maydon markazida yaxshi o‘ynadik. Bellashuvning ikkinchi qismida raqib jarima maydonchasi atrofida bosimni kuchaytirdik. O‘yinni o‘z nazoratimizga olib, yaratilgan vaziyatlandan unumli foydalandik.
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi jamoa ustidan irodali g‘alaba qozonish, sizga nima berdi?
-Men bu kabi uchrashuvlarning ahamiyati juda katta, deb bilaman. Bu kabi o‘yinlardagi g‘alaba jamoaga jangovar ruh bag‘ishlaydi. Mag‘lubiyat premer-ligadagi imkoniyatlarimizni pasaytirib yuborar edi.
- Endi jamoangiz Evropa kuboklariga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan “Turon-Tovuz”dan besh ochkoga ortda qolmoqda. Bu farqni yo‘qqa chiqarish imkoni bormi?
- Shunday bo‘lishiga umid qilaman. Chunki ana shu maqsadga erishish uchun harakat qilyapmiz. Eng muhimi – o‘z ochkolarimizni olsak, qolgani o‘zi hal bo‘ladi.
- O‘z o‘yiningizdan qoniqdingizmi?
- Hali to‘liq qoniqmadim. Sport formamni ko‘tarib olishni istayman.
- Bundan ham yaxshi o‘ynay olasizmi?
- Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozir moslashish jarayoni ketyapti, jamoadagilar meni yaxshi qarshi oldi. Bu erda o‘zimni har tomonlama qulay his qilyapman. O‘sishim uchun sharoit bor.
- Yanvar oyi oxirida “Sabah” bilan bir yillik ijara shartnomasi tuzdingiz. Rossiya Premer-ligasiga qaytasizmi yoki shu erda qolishingiz musmkinmi?
- Buni hali ko‘ramiz. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Shu erda ekanman ko‘proq foyda keltirishni xohlayman. Qaerda o‘ynashimdan qat’i nazar, ko‘proq ishlash va katta natijalarga erishishni istayman. Hali butun faoliyatim oldinda.
Fikrlar