Legionerimiz jamoasini superuchrashuvga boshlab tushdi, biroq...

  • 31 oktabr, 2024, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Umar Eshmurodov faoliyatini Maylayziya chempionatida davom ettirmoqda.

Yurtimizdagi faoliyati davomida “Sho‘rtan” va “Nasaf”da to‘p tepgan 31 yoshli futbolchi shu yilning fevral oyida “Selangor” bilan shartnoma imzolagan edi.

“Selangor”  futbolchilari navbatdagi uchrashuvni Malayziya chempionati etakchisi “Joxor” klubiga qarshi o‘tkazdi. Bu bahsda Umar Eshmurodov jamoadoshlarini ilk bor sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.

Bellashuvda “Selangor” raqibga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Joxor” Malayziyaning eng qudratli klubi hisoblanadi va shunga mos ravishda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Umar Eshmurodov jamoasi esa, mag‘lubiyatga qaramay, ikkinchi qatordagi o‘rnini saqlab qoldi.

Hamyurtimizning malayziyaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi. Eshmurodov “Selangor”ga ko‘chib o‘tganidan beri bu jamoa uchun 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!