Legionerimiz muhim uchrashuvda gol urdi

  • 28 oktabr, 2020, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya Milliy futbol ligasining 18-turida o‘zbekistonlik legionerlar – Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov ishtirok etayotgan “Nefteximik” jamoasi eng yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Bu gal Nijnekamsk jamoasi o‘z maydonida “Krasnodar-2” futbolchilarini qabul qildi. Raqibdan har tomonlama ustunligini isbotlagan “Nefteximik” vakillari o‘yinda javobsiz beshta to‘p kiritdi.

Mezbonlarning to‘rtinchi goliga Vagiz Galiulin mualliflik qildi. Hamyurtimiz bu o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 46-daqiqada maydonga tushirildi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Vagiz jarimadan oshirilgan to‘pni krasnodarliklar posboni Denis Adamov qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi.

Bu hamyurtimizning joriy mavsumdagi uchinchi goli bo‘ldi. Uchrashuvda Bobir Davlatov ham ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi.

Muhim g‘alabadan so‘ng, ochkolari hisobini 34 taga etkazgan “Nefteximik” musobaqa jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Milliy futbol ligasi peshqadamlari –   “Krilya Sovetov” va “Nijniy Novgorod” jamoalari hisobida 39 tadan ochko bor.

“Nefteximik” keyingi tur uchrashuvini 1 noyabr kuni “Baltika” maydonida o‘tkazadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!