Lempard "Chelsi"ni boshqarishga rozi bo‘ldi
40 yoshli mutaxassis ayni kunlarda hordiq chiqarayotgan edi. Ammo "aristokratlar" bilan muzokara olib borish uchun ta’tildan erta qaytishga majbur bo‘lgan. Ingliz nashrlari uning kelgusi haftada "Chelsi" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi haqida yozishmoqda.
Lempard rahbariyat bilan murabbiylar shtabi va yangi mavsum rejalarini shakllantirib olgan. U tarkibni yoshartirishga bel bog‘lagan.
Ma’lumot uchun, Lempard futbolchilik faoliyati davomida "Chelsi" safida 429 ta o‘yin o‘tkazgan va 147 ta ta to‘p kiritishga erishgan.

Fikrlar