
Lemparddan ranjigan Kante "Chelsi"dan ketmoqchi
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante “aristokratlar” safidan ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Frenk Lemparddan do‘stining to‘yiga borish uchun bir kun mashg‘ulotlardan ruxsat so‘ragan, ammo murabbiy unga rad javobini bergan.
Shundan so‘ng, Kante qattiq ranjidi va “Chelsi”ga o‘tganidan ilk bor afsuslandi. Futbolchiga yaqin manbalar uning mavsum yakunlangach, jamoadan ketishini aytmoqda.
Fikrlar