
"Lester" autsayderga yutqazib qo‘ydi
Angliya Premer ligasining 28-turida "Norvich" o‘z maydonida "Lester"ni qabul qilib, 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 21 taga etkazib oldi. Brendan Rojers shogirdlari esa 50 ochko bilan o‘zlari egallab turgan uchinchi o‘rinda qolishdi.
Uchrashuvdagi yagona golga Jamal Lyuis mualliflik qildi.
Fikrlar