Levandovski Chempionlar ligasi guruh bosqichi to‘purariga aylandi
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasining joriy mavsumida guruh bosqichi to‘purariga aylandi.
Kecha 30 yoshli polshalik futbolchi “Ayaks”ga (3:3) qarshi kechgan bahsda dubl qayd etdi va o‘zining joriy mavsum EChLdagi gollari sonini 8taga etkazib oldi.
Bu borada unga eng yaqin raqobatchi “Barselona” forvardi Lionel Messi hisoblanadi. Argentinalik futbolchining hisobida hozircha 6ta gol mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Levandovski joriy mavsumdagi umumiy gollari sonini 21ta etkazib olgani va bu borada kuchli beshlik chempionatlari to‘purariga aylanib olgani haqida xabar bergan edik.



Fikrlar