Levandovskini ko‘ndirib bo‘lmayapti
“Barselona” bilan ikkinchi marta Ispaniya chempioni bo‘lgan hujumchi Robert Levandovski hozircha Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha kelishuvga erishmagan.
Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, polshalik hujumchi faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda.
37 yoshli hujumchiga Saudiya Pro-ligasi klublari, shuningdek MLS jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Biroq futbolchi hozircha o‘z kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan.
Shuningdek, “Barselona” va Levandovski o‘rtasida hamkorlik to‘xtagani ma'lum qilindi.
Joriy mavsumda polshalik hujumchi 45 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.
Avvalroq “Al-Hilol” Levandovskiga yiliga 90 million yevro maosh taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar