Liga 1. PSJ yirik g'alaba bilan peshqadamlikni saqlab qoldi
Frantsiya Liga 1’ning 27-turida PSJ safarda "Nitsa"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi gol 42-daqiqada Nunu Mendes tomonidan penaltiidan urildi.
Ikkinchi bo‘lim boshida parijliklar ustunlikni oshirdi — 49-daqiqada Dezire Due Mendesning uzatmasidan so‘ng hisobni 2:0 ga yetkazdi.
61-daqiqada mezbonlar tarkibida Yussuf Ndayishimi qo‘pol o‘yin uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va jamoasini kamchilikda qoldirdi.
Shundan so‘ng PSJ ustunlikni yanada mustahkamladi. 81-daqiqada Dro Fernandez, 85-daqiqada esa Uorren Zair-Emeri gol urib, yirik g‘alabani rasmiylashtirdi.
Ushbu natijadan so‘ng PSJ 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va bir o‘yin ko‘p o‘tkazgan "Lans"ni 1 ochkoga ortda qoldirmoqda.
- Fransiya - Liga 1
- Joriy Mavsum
Nitsa
22.03.2026 01:05
PSJ
- Nuno Mendes 42'
- Désiré Doué 49'
- Warren Zaïre-Emery 85'
- Pedro Fernández 81'

Fikrlar