
Lilian Tyuramning o‘g‘liga 3 ta grand klubdan qiziqishlar bo‘lmoqda
Frantsiyaning "Gengam" klubi forvardi Markus Tyuram joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda Top Mercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 21 yoshli futbolchi jamoasi Liga 1 dan quyi divizionga tushib ketgach shunday qarorga kelgan. Unga esa "Lion", "Marsel" va "Borussiya" Dortmund kabi kuchli jamoalardan qiziqishlar bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Markus Tyuram frantsiyalik mashhur futbolchi Lilian Tyuramning farzandi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum “Gengam”safida 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 13ta gol hamda 1ta assistga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 9 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar